Yangi katta va o‘ta katta sig‘imli avtobuslar va elektrobuslar xarid qilinganidan so‘ng Toshkentda jamoat transportidagi yo‘lovchilar soni ortdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga tayanib.

May oyida poytaxt avtobuslari kuniga o‘rtacha 782 mingdan ortiq yo‘lovchini tashidi. Bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p — 478 ming.

Yo‘nalishlarga 1330 ta kunlik avtobus chiqarildi yoki 2022-yil may oyiga nisbatan 40 foizga ko‘paydi — 806 ta.

Kunlik qatnovlar o‘tgan yilning may oyida amalga oshirilgan 10 ming 424 tadan 60 foizga ortib, 16 ming 741 taga yetdi.

Poytaxt avtobus parki 20-apreldan Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avtobuslar bilan to‘ldirila boshlandi. Shu kuni yo‘nalishlarga 400 ta mashina chiqarildi. Ular orasida 114 dona uzunligi 18 metrli gormoshkali avtobuslar, 169 ta elektrobus hamda 117 ta gazda harakatlanuvchi avtobuslar mavjud edi.

Jami 1000 ta avtobus va elektrovtobusga buyurtma berilgan. Toshkentga hali qisqa vaqt ichida buncha ko‘p avtobus yetkazib berilmagandi.

Yoz oxiriga qadar barcha 160 ta avtobus yo‘nalishi naqd pul tushumlarini yetkazib berish bo‘yicha kunlik reja bekor qilingan holda brutto shartnomalar asosida ish yuritish tizimiga o‘tkazilishi kerak. Bu orqali harakat muntazamligini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

“Gazeta.uz”ning “Toshshahartransxizmat”dan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 970 ta mashina yetkazib berilgan, jumladan, 300 ta elektrobus, 200 ta gormoshkali va 470 ta gazda harakatlanuvchi avtobus.

Bunga parallel ravishda avtobuslar tirbandligining oldini olish imkonini beruvchi ajratilgan yo‘laklarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.