Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida Qarshi shahriga 100 dona zamonaviy avtobus olib kelishga erishildi.

Avvalroq, Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobusni xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani ma’lum qilingandi.