Bavariya bosh vaziri Markus Syoder Myunxenning «Bavariya» klubiga muxlislik qiluvchi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tushgan suratini joylashtirdi. Shu kunlarda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib turibdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.
«Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz» — dedi Abdulla Aripov O‘zLiDeP siyosiy kengashining navbatdagi majlisida. Barcha islohotlar zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam, deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2021 yil boshida o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan to‘liq emlangan.
22 iyul, dam olish kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan prezident nutqida belgilangan vazifalarni muhokama qilish maqsadida videoselektor o‘tkazildi. Unda koronavirusdan xavf osti guruhiga kiritilgan fuqarolar ham qatnashgan. Shu kuni bosh vazir boshchiligida ham mehnat vaziri va boshqa rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Hukumat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. 1 avgustga qadar davlat organlari barcha ko‘chalar, peshlavhalar va turli blaklarning lotin yozuvida bo‘lishini ta’minlashi kerak. Oldinroq ushbu vazifani 2022 yil dekabriga qadar bajarish ko‘zlangan edi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonning YeOIIda to‘laqonli ishtirok etishi iqtisodiyot o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Uchrashuvda, yangi o‘quv yilidan O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining yana uchta filiali ochilishi, Rossiyadan yana 200 nafar o‘qituvchilar O‘zbekistonga yuborilishi ma’lum qilindi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abudulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Minsk shahriga tashrif buyurdi. Hukumat rahbarlari avvaliga, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘lishgan. «Belarusga internet orqali bo‘layotgan hujumlarga qaramasdan, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, bu yerdagi vaziyat tinch», — degan u.
O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda 60 yoshga to‘lgani munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripov faoliyati haqida fikr bildirdi. «Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan», — dedi davlat rahbari.
O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkistonga tashrif buyurib, Qozog‘iston hukumat rahbari Asqar Mamin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.
Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting