Bosh vazir Abdulla Aripov barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, Toshkent va viloyatlar hokimliklariga quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tegishli hujjat («Gazeta.uz»da mavjud) 1 iyul kuni imzolangan.

Vazirlar mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan lotin alifbosiga to‘liq bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, hozirda kiril alifbosida yuritiladigan barcha joy va ko‘cha nomlari, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, ish qog‘ozlari va turli blanklar 2022 dekabriga qadar lotin grafikasiga o‘tkazilishi kerak edi.

Biroq bosh vazir qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ushbu vazifani shu yilning 1 avgustiga qadar bajarish topshirildi.