«abdulla aripov» tegli maqolalar


Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi
24 may 2021, 08:47

Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda 60 yoshga to‘lgani munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz — bosh vazir karantin cheklovlari haqida
17 aprel 2021, 13:25

Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz — bosh vazir karantin cheklovlari haqida

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi
17 aprel 2021, 11:30

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotganligi sababli, 18 apreldan karantin nazorati kuchaytiriladi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududida hamkorlik markazini qurishadi
12 aprel 2021, 10:42

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududida hamkorlik markazini qurishadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida
5 fevral 2021, 12:45

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida

Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripov faoliyati haqida fikr bildirdi. «Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan», — dedi davlat rahbari.

O‘zbekiston SHHT davlatlarini parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi
30 noyabr 2020, 20:33

O‘zbekiston SHHT davlatlarini parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi

O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.

Abdulla Aripov Turkistonda Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi
21 noyabr 2020, 19:59

Abdulla Aripov Turkistonda Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkistonga tashrif buyurib, Qozog‘iston hukumat rahbari Asqar Mamin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

MDH Hukumat rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi
9 noyabr 2020, 13:38

MDH Hukumat rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
5 noyabr 2020, 20:57

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.

Abdulla Aripov Sirdaryoda — Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar ko‘chib o‘tishga tayyor
29 oktabr 2020, 22:19 1

Abdulla Aripov Sirdaryoda — Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar ko‘chib o‘tishga tayyor

Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vazirini tabrikladi
15 oktabr 2020, 14:01

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vazirini tabrikladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»
13 oktabr 2020, 10:45

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»

Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.

Abdulla Aripov va Ochilboy Ramatov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun mas’ul etib biriktirildi
18 sentabr 2020, 23:00 1

Abdulla Aripov va Ochilboy Ramatov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun mas’ul etib biriktirildi

Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun bosh vazir Abdulla Aripovni Toshkent tumanlariga, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni esa viloyatlarga mas’ul etib biriktirdi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.

Bosh vazir Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlariga hayfsan berdi
8 avgust 2020, 21:25

Bosh vazir Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlariga hayfsan berdi

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, shuningdek uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga hayfsan berildi. Bosh vazir kam ta’minlangan oilalarga bir martalik moliyaviy yordamni kechiktirgan ayrim mahalla raislarining harakatlarini tanqid qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting