Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan ko‘z yumdi.
Adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimovning vafoti jamoatchilikni chuqur qayg‘uga soldi. Faollar ijtimoiy tarmoqlarda olimning hayoti, ijod yo‘li va faoliyati bilan bog‘liq iliq xotiralarni esga oldi. “Gazeta.uz” ularning bir qismini bir materialga jamladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimov 90 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. “Olamni asrang”, “Ra'no”, “Soy ko‘rdim”, “Ajab sirlar” singari yuzlab qo‘shiqlar ijrochisi bo‘lgan san’atkor 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Taniqli fotojurnalist Yuriy Korsunsev og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi. U ko‘plab nashrlar, jumladan, bir necha yil davomida “Gazeta.uz” va Afisha.uz bilan hamkorlik qilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi.
Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.
Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. U umrining so‘ngiga qadar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritdi. Aktyor “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi, ko‘plab videofilm, telepostanovka, tele va radiospektakllarda rollar ijro etgan.
Taniqli jurnalist va yozuvchi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi. U 20 dan ortiq kitob, jumladan, “Amerikalik o‘zbeklar”, “Paxtakor-79” va boshqalarni yozgan. Yuzlab maqolalari chop etilgan.
Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Professor 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
“Yoshlar” telekanali boshlovchisi Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi. Bunga jurnalistda o‘tkazilgan yurak operatsiyasi sabab bo‘lgani aytildi.
O‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekiston xalq artisti” bo‘lib, “El-yurt hurmati” ordeniga ham loyiq ko‘rilgan.
O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.
“Paxtakor” va “Navbahor” klublari bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiy Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston U-22 jamoasini ham boshqargan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi. Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan.
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.
Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 87 yoshida vafot etdi. U fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi.
Taniqli jurnalist, MTRKda mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting