Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qudrat Irnazarov 1950-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist. 1973-yilda Leningrad davlat universitetining Jurnalistika fakulteti kunduzgi bo‘limini tamomlagan.

Turli yillarda gazeta muxbiri, tarix kafedrasi o‘qituvchisi, mudiri, Milliy universitetda dekan kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professori, keyinroq Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi professori sifatida ishlab kelayotgandi.

U 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja jurnalistning vafoti haqida yozar ekan, “Qudrat To‘g‘onovichning nomi O‘zbekiston hamda MDH mamlakatlari olimlari uchun ham yaxshi tanish edi. U fidoyi pedagog va sermahsul olim sifatida O‘zbekiston OAV rivojiga munosib hissa qo‘shgan”, — deya qayd etdi.