«2023-yilda vafot etganlar» tegli maqolalar


Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi
18 aprel 2023, 02:08

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.

Balerina Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi
16 aprel 2023, 10:58

Balerina Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi. Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan.

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi
8 aprel 2023, 19:53

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi
8 aprel 2023, 17:58

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi

Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 87 yoshida vafot etdi. U fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi.

Jurnalist Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi
5 aprel 2023, 09:16

Jurnalist Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi

Taniqli jurnalist, MTRKda mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi
14 mart 2023, 14:32

Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi. Adib “Mening bola qalbim”, “Ko‘ngildagi qo‘shiqlar”, “Umidli dunyo” kitoblari muallifi hisoblanadi. “Gunoh” romani mustaqillikning 17 yilligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovida 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi
9 mart 2023, 15:03

Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi

Jurnalist va shoir Akmal Toshev 37 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura uning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. U shu paytga qadar “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgandi.

Jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi
5 mart 2023, 12:44

Jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi

“Nuroniy” gazetasi bosh muharriri, jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

MittiVine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi
5 mart 2023, 08:48

MittiVine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi

MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 27 yoshda vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi
25 fevral 2023, 08:43

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi

Shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi. U “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi
14 fevral 2023, 10:25

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020-yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi
18 yanvar 2023, 15:30

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

Afsonaviy sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. U 80 yil davomida sirk manejida ot ustida tomosha ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan.

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi
14 yanvar 2023, 09:26

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi

13-yanvar kuni Oliy Majlis Senati a’zosi, shoira Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi. U 2004-yili “Do‘stlik”, 2009-yili “El-yurt hurmati” ordenlari, 2016-yili esa “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlangandi.

Matematika darsliklari muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi
9 yanvar 2023, 16:47

Matematika darsliklari muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi

Xalqaro toifadagi ekspert, matematik Shuhrat Ismoilov vafot etdi. Marhum 1-, 2-, 3- va 6-sinf matematika fani darsliklari muallifi bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting