Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Luqmon Bo‘rixon 1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991).

Dastlabki hikoyasi — “Begimqul katta” (1987). Shundan so‘ng yozuvchining “Yalangoyoq” (1991), “Sirli muallim” (2006), “Xizr ko‘rgan yigit” (2007) cingari hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. “Jaziramadagi odamlar” (2005) romani muallifi ham sanaladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

U “Shuhrat” medali sohibi sanaladi.