Instagram tarmog‘ida 1 milliondan ortiq obunachisi bo‘lgan Asad Algo (Asadbek Arzikulov) vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Uning o‘limi haqida dastlab blogerning videolarida birga ko‘rinish beradigan do‘sti xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli bloger o‘limidan 3 kun oldin ko‘cha bezorilari hujumiga uchrab, boshidan jarohat olgan va operatsiya qilingan.

Bloger 19-iyul kuni soat 20:30 da shifoxonada vafot etgan.

2023 йилda vafot etganлар, asad algo, vafot etdi

Foto: Instagram / dina.lgn

“Men oxirigacha guvohlik beraman, urgan bola umrbodga qamaladi”, — deya storis joylagan uning do‘sti.

BPga ko‘ra, marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ilgari Asad Algo bilan birgalikda videolar olgan instabloger Sevinch Sa’dullayeva тармоқларdaги “odob-axloq qoidalariga zid va fuqarolarning da’volariga sabab bo‘lgan” video va fotosuratlari sabab 5 sutkaga qamalgan edi.