Dunyoga taniqli amerikalik aktyor Mettyu Perri 54 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi, deb xabar bermoqda Los Angeles Times.

U shanba kuni tushdan keyin uyidagi issiq vannada o‘lik holda topilgan. O‘lim sababi yurak xuruji oqibatida cho‘kish bo‘lishi mumkin, deb yozadi TMZ.

Bolaligidan filmlarda rol o‘ynay boshlagan aktyor 1994-yilda chiqqan “Do‘stlar” serialidagi Chandler obrazi bilan mashhur.

U, shuningdek, “Fools rush in”, “Uch kishilik tango”, “Ron Klark hikoyasi”, “To‘qqiz yard”, “Dadam yana 17 yoshda” va boshqa filmlarda o‘ynagan.