Sport

Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
8 noyabr 2023, 18:03

Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

26−30-dekabr kunlari ilk bor Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari ishtirok etib, jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. FIDE rahbari Arkadiy Dvorkovich tanlov nega O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini izohladi.

Boks: Fazliddin G‘oibnazarov Rajab Bo‘tayevga muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi
7 noyabr 2023, 12:38

Boks: Fazliddin G‘oibnazarov Rajab Bo‘tayevga muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov Sochida WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni rossiyalik Rajab Butayevga muddatidan avval yutqazib, professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi (video).

O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi
4 noyabr 2023, 14:27

O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinadi. Shuningdek, hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi, bog‘chalarda Kids karate loyihasi ishga tushiriladi.

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi
4 noyabr 2023, 12:00

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi

Prezident qarori bilan 2024-yil 1-iyungacha futbol bo‘yicha maxsus telekanal ochiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida Milliy futbol markazi tashkil qilinadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Olimpiadaga saralashning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi
2 noyabr 2023, 11:04

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Olimpiadaga saralashning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2024-yilgi Parij Olimpiadasi o‘yinlariga saralash bosqichining hal qiluvchi uchinchi bosqichiga chiqdi. Ular guruhdagi so‘nggi o‘yinda hindistonlik raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi (statistika, video, foto).

Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi
31 oktabr 2023, 10:51

Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining sakkizinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchi deb esa “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmati topildi.

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini 8-o‘rinda yakunladi
28 oktabr 2023, 14:28

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini 8-o‘rinda yakunladi

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarini O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rinda yakunladi. 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik sportchi musobaqada jami 79 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Para Osiyo o‘yinlarining 5-kunida o‘zbekistonliklar 11 ta medalga ega chiqdi
28 oktabr 2023, 09:40

Para Osiyo o‘yinlarining 5-kunida o‘zbekistonliklar 11 ta medalga ega chiqdi

Para Osiyo o‘yinlarining 5-kuni o‘zbekistonlik para suzuvchilar va para atletlarga omadli keldi. Erkin usulda suzish bahslarida shohsupaning uchala o‘rnini ham o‘zbekistonliklar egalladi. Jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Para Osiyo o‘yinlarining 4-kuni: O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 6-o‘ringa tushdi
27 oktabr 2023, 11:17

Para Osiyo o‘yinlarining 4-kuni: O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 6-o‘ringa tushdi

Para Osiyo o‘yinlarining 4-kunida O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi kunlarga qaraganda kamroq — 7 ta medal qo‘lga kiritdi. Para yengil atletikachilar Bobur Omonov va Nurxon Qurbonova musobaqa rekordini o‘rnatdi. Avvalgi Para Osiyo o‘yinlari chempioni Asila Mirzayorova yana shohsupaga ko‘tarildi.

Shahram Ahadov dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnirda oltin medal oldi
26 oktabr 2023, 13:28

Shahram Ahadov dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnirda oltin medal oldi

O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Para Osiyo o‘yinlari: 3-kunda o‘zbekistonliklar yana 16 ta medal oldi
26 oktabr 2023, 11:14

Para Osiyo o‘yinlari: 3-kunda o‘zbekistonliklar yana 16 ta medal oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 3-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal olib, umumiy medallari sonini 54 taga yetkazdi. Eng ko‘p sovrinlarni para yengil atletika, para taekvondo va para dzyudochilar qo‘lga kiritdi. Jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi
25 oktabr 2023, 11:12

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida 18 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinda bormoqda. Para kanoe bahslarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Para Osiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik parasportchilar bir kunda 20 ta medal oldi
24 oktabr 2023, 11:40

Para Osiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik parasportchilar bir kunda 20 ta medal oldi

Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 1-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 20 ta medalga ega chiqdi. Eng ko‘p sovrin para kanoye, para dzyudo, para yengil atletika va para taekvondo sport yo‘nalishlarida olindi.

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
19 oktabr 2023, 11:18

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi tashkil etilib, unga rahbar saylandi
19 oktabr 2023, 10:19

Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi tashkil etilib, unga rahbar saylandi

O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsiatsiyaga Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov rais etib saylandi. Alisher Sa’dullayev unga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi
17 oktabr 2023, 11:43

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi

O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi
15 oktabr 2023, 17:22

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi.

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi
12 oktabr 2023, 18:04

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi

Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi
9 oktabr 2023, 12:05

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi
8 oktabr 2023, 12:12

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting