Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 4-kuni natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 6-o‘ringa tushdi. Avvalgi kunlar hisoboti bilan quyida tanishish mumkin. Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni saqlab qolmoqda.

параосиё o‘yinlari

4-kun hisobotini taqdim etamiz:

Oltin medal:

Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chalqancha usulda suzish bahslarida Kiril Pankov oltin medal oldi.

Para yengil atletikachi Bobur Omonov yadroni 13,14 metrga uloqtirib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. U Tokioda o‘tgan paralimiada ham oltin medalga ega chiqqandi.

Yana bir Para Osiyo rekordini Nurxon Qurbonova nayzani 18,95 metrga uloqtirib yangiladi. oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sportchi 2020-yilgi paralimiya o‘yinlarining kumush medali sohibi hamdir.

Kumush medal:

Muzaffar Tursunxo‘jayev chalqancha usulda suzish bahslarini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -67 kg vazn toifasidagi bahslarda Qudratoy Toshpo‘latova 116 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.

Bronza medal:

Para velosportning erkaklar o‘rtasida 19 km masofaga o‘tkazilgan shosse poygalarida Boymurod Yavqochev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

200 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan Asila Mirzayorova marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Bir kun avval u uzunlikka sakrash bahslarida tengsiz deb topilgandi.