24-oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida o‘zbekistonliklar 18 ta medalga ega chiqdi. Avvalgi kunda 20 ta medal qo‘lga kiritilgandi.

paraосиё ўйинлари

Oltin:

Para kanoe bo‘yicha bahslarda Hasan Qo‘ldashev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahsda Shaxnoza Mirzayeva 50.680 soniya natija qayd etib, 1-o‘rinni oldi.

Para kanoe bahslarida Haytmurod Sherqo‘ziyev 49.345 soniya natija bilan delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

Para Osiyo o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston para kanoe terma jamoasining barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.Para Osiyo o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston para kanoe terma jamoasining barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Doniyor Saliyev uzunlikka sakrash bahslarida 7.28 metr natijani qayd etdi. Jamoada yana bir oltin medal ko‘paydi.

Erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida 4:24.68 daqiqa qayd etgan Dmitriy Xorlin oltin medalni oldi.

15 yoshli para atlet Shaxinaxon Yigitaliyeva nayzani 40.90 metrga uloqtirib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Kumush:

Para yengil atletikaning nayza uloqtirish dasturida Nozimaxon Qayumova 43.36 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Huddi shu dasturda qatnashgan Nataliya Semyonova ham 17.40 metr natija bilan 2-o‘rinni oldi.

Yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.34 metr natija bilan kumush medalga ega chiqdi.

Uzunlikka sakrash bahsida Izzat Turg‘unov o‘z ishtirokini 5.55 metr natija bilan ikkinchi bo‘lib yakunladi.

Para dzyudo bellashuvlarida Feruz Saidov (-73 kg) kumush medalga ega chiqdi. 3-o‘rin egasi ham o‘zbekistonlik.

Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi 100 metrga brass usulida suzish bellashuvlarida 1:08.36 daqiqa natija qayd etgan Firdavs Musabekov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bronza:

Para taekvondo bahslarida -63 kg vazn toifasida qatnashgan Qudrat Haydarov bronza medalini qo‘lga kiritdi. U hal qiluvchi bahsda taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreya sportchisini 36:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yana bir para taekvondochi Javohir Aliqulov (-70 kg) ham jamoaga bronza medalini olib keldi.

Para dzyudo o‘yinlarida Kumush Xo‘jayeva (-57 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U Yaponiya terma jamoasi sportchisidan 10:0 hisobida ustun keldi.

Erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida 4:28:59 daqiqa natija ko‘rsatgan Firdavs Musabekov 2-sovrin — bronza medaliga erishdi.

Para dzyudo bellashuvlarida Uchqun Quronboyev (-73 kg) 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturida Mohigul Hamdamova 9.31 metr natija bilan 3-bo‘ldi.