23-sentabr — 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilayotgan XIX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 71 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoa 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medali bilan 45 ga yaqin davlat orasida beshinchi o‘rinni egalladi. Xitoy 383 medal (201 ta oltin, 111 ta kumush, 71 ta bronza) bilan birinchi o‘rinda, Yaponiya ikkinchi (188: 52−67−69), Janubiy Koreya uchinchi (190:42−59−89), Hindiston esa to‘rtinchi o‘rinda (107: 28−38−41).

бекзод абдuраҳмонов, жавраил шапиев, осиё o‘yinlari, рuсtaм жанgaбоев, taхмина икромоva

Musabaqada Qozog‘iston 11, Qirg‘iziston 18, Tojikiston 24 va Turkmaniston 29 o‘rinni egalladi.

6-oktabr kuni boshlangan chiqishlardan buyon O‘zbekiston yana 8 ta medal qo‘lga kiritdi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari — Taxmina Ikromova, Vilana Savadyan va Evelina Atalyans Osiyo o‘yinlarida Qozog‘iston va Xitoy jamoalarini ortda qoldirib, jamoaviy hisobda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

бекзод абдuраҳмонов, жавраил шапиев, осиё o‘yinlari, рuсtaм жанgaбоев, taхмина икромоva

Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi. 74 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medali uchun kechgan jangda turkmanistonlik Perman Xommadovni 4:0 hisobida yengdi. Eslatib o‘tamiz, Abdurahmonov 2014 va 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Birinchi o‘rinni finalda yaponiyalik Kirin Kinoshitani (9:0) mag‘lub etgan eronlik Yones Emamichogai egalladi.

бекзод абдuраҳмонов, жавраил шапиев, осиё o‘yinlari, рuсtaм жанgaбоев, taхмина икромоva

Erkin kurash bo‘yicha 2024-yilgi Parij olimpiadasi sovrindori Javrail Shapiyev (-86 kg) ham o‘z kolleksiyasiga Osiyo o‘yinlari medalini qo‘shib qo‘ydi. Bronza uchun jangda o‘zbekistonlik jangchi bahraynlik Magomed Sharipovni mag‘lub etdi (3:0). Oltinni esa finalda hindistonlik Dipak Puniyani mag‘lub etgan Eron vakili Hasan Yazdoniy qo‘lga kiritdi (10:0).

O‘zbekiston karate WKF terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova 55 kilogramm vazn toifasida Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Finalda u Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni 9:1 hisobida mag‘lub etdi.

бекзод абдuраҳмонов, жавраил шапиев, осиё o‘yinlari, рuсtaм жанgaбоев, taхмина икромоva

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Jangaboyev +109 kg vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi. U dast ko‘tarishda 190 kg, siltab ko‘tarishda 233 kg, jami ikki mashqda 423 kg toshni ko‘tardi. Oltin va kumush medallar mos ravishda Bahrayn va Eron vakillari Gor Minasyan (457 kg: 212+245) va Ali Davudi (426 kg: 192+234)ga nasib etdi.

бекзод абдuраҳмонов, жавраил шапиев, осиё o‘yinlari, рuсtaм жанgaбоев, taхмина икромоva

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Eron terma jamoasi oltin, Hindiston kumush medalni qo‘lga kiritdi.

бекзод абдuраҳмонов, жавраил шапиев, осиё o‘yinlari, рuсtaм жанgaбоев, taхмина икромоva

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Taxmina Ikromova delegatsiya kolleksiyasini yana bir oltin medal bilan to‘ldirdi. Ko‘pkurash bo‘yicha individual dasturda ishtirok etgan gimnastikachi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi — 131,300 ball. Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmasini olgan sportchi bir kun avval jamoaviy dasturdagi eng yuqori natijaga erishgandi. Qozog‘iston vakillari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining oxirgi a’zosi Shahrizoda Ismatillayeva (-55 kg) bronza medali uchun bahslarda mag‘lub bo‘ldi va shuning bilan O‘zbekiston Osiyo o‘yinlardagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot uchun, 8-oktabr kuni Osiyo o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.