Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 5-kunida O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

параосиё ўйинлари

5-kun hisoboti:

Oltin medal:

Para yengil atletikaning uzunlikka sakrash bahslari: Omad Hasanov barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Yadro uloqtirish dasturida Kubaro Hakimova Osiyo rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan yana bir sportchi Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin medalga ega chiqdi.

Erkin usulda suzish bahslarida shoxsupaning uchala o‘rnini ham o‘zbekistonliklar egalladi. Jumladan, Islam Aslanov oltin medal oldi.

Kumush medal:

Para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Elbek Sultonov yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tolibjon Yo‘ldashev yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -97 kg vazn toifasida Farhod Umrzoqov 228 kg natija bilan 2-o‘rinni egalladi.

Erkin usulda suzish bahslarini MuzaffarTursunxo‘jayev kumush medal bilan yakunladi.

Bronza medal:

Para yengil atletikachi Shaxnoza Adhamova diskni 27.08 metrga uloqtirib, bronza medali sohibi bo‘ldi.

Para suzish: 200 metrga individual kompleks usulda suzish bahslarida Firdavsbek Musabekov bronza medal oldi. Bu uning Para Osiyo o‘yinlaridagi 3-medali bo‘ldi.

Kiril Pankov erkin usulda suzish bahslarida marraga 3-bo‘lib yetib keldi.