Sport

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinida Meksika bilan durang o‘ynadi (foto, video)
13 sentabr 2023, 10:11

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinida Meksika bilan durang o‘ynadi (foto, video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika bilan 3:3 hisobida durrang o‘ynadi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida 3 ta gol urildi.

Muhammadqodir Toshtemirov og‘ir atletika bo‘yicha JCHda 2 ta medal oldi
12 sentabr 2023, 10:09

Muhammadqodir Toshtemirov og‘ir atletika bo‘yicha JCHda 2 ta medal oldi

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov ikkita medalga ega chiqdi. U dast ko‘tarish bahsida (164 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi siltab ko‘tarishda medal ololmagan bo‘lsa ham, umumiy hisobda bronzaga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik para-taekvondochilar OCHda 11 ta medal oldi
11 sentabr 2023, 13:01

O‘zbekistonlik para-taekvondochilar OCHda 11 ta medal oldi

Livanda o‘tgan para-taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida o‘zbekistonliklar 11 ta medal oldi: 3 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta kumush. O‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida Erondan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

Futbol: O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida AQShga mag‘lub bo‘ldi
10 sentabr 2023, 10:35

Futbol: O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida AQShga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida AQSh terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda ikkita gol kiritildi (statistika, video, suratlar).

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashida Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi
7 sentabr 2023, 13:00

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashida Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichida Afg‘onistonni 8:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Husayn Norchayev xet-trik qayd etdi (foto va video).

O‘zbekiston terma jamoasi yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
6 sentabr 2023, 17:11

O‘zbekiston terma jamoasi yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi XVIII jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Oksana Chusovitina Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 sentabr 2023, 12:40

Oksana Chusovitina Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyada gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series musobaqasida Oksana Chusovitina oltin, Abdulaziz Mirvaliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha yana Gran-pri chempioni bo‘ldi
3 sentabr 2023, 13:43

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha yana Gran-pri chempioni bo‘ldi

Parijda o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U iyun oyida ham Rimda o‘tgan ushbu musobaqada chempion bo‘lgandi.

O‘zbekiston CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarimfinaliga yo‘l oldi
30 avgust 2023, 17:05

O‘zbekiston CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarimfinaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha jahon chempionati (IESF World Esports Championship 2023) yarimfinaliga chiqdi. Jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi, chorak finalda esa Vengriyani mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik taekvondochi o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi
29 avgust 2023, 14:26

O‘zbekistonlik taekvondochi o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bosniya va Gersegovinada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Islombek Axchurin oltin medalga ega chiqdi.

Boks: Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq Onoriyede Evariemeni mag‘lubiyatga uchratdi (video)
27 avgust 2023, 20:35

Boks: Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq Onoriyede Evariemeni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq nigeriyalik Onoriyede Evarieme ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, professional ringdagi 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video).

Artur Guliyev kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 13 yildagi ilk oltin medali
26 avgust 2023, 11:09

Artur Guliyev kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 13 yildagi ilk oltin medali

O‘zbekistonlik kanoechi Artur Guliyev Germaniyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston uchun JCHning ushbu oltini so‘nggi 13 yil ichida birinchisi bo‘ldi.

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi
24 avgust 2023, 13:35

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK futbol klublari OCHLning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi. AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo‘shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sambochilar Jahon kubogida 18 ta medalni qo‘lga kiritdi
24 avgust 2023, 10:13

O‘zbekistonlik sambochilar Jahon kubogida 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qirg‘izistonda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza — jami 18 ta medalga ega chiqdi.

Para pauerlifting bo‘yicha JCHda o‘zbekistonliklarning barchasi medallarga ega chiqdi
23 avgust 2023, 11:03

Para pauerlifting bo‘yicha JCHda o‘zbekistonliklarning barchasi medallarga ega chiqdi

BAAda yoshlar o‘rtasida para pauerlifting bo‘yicha o‘tgan Jahon chempionatida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchining 4 nafari oltin, 1 nafari kumush va 2 nafari bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Unda qatnashgan ayol atletlardan biri Ruhshona O‘ktamova 95 kg tosh ko‘tarib, Osiyo rekordini yangiladi.

“Navbahor” va OKMK Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi
23 avgust 2023, 02:04

“Navbahor” va OKMK Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichida O‘zbekistondan to‘rt jamoa — “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va OKMK ishtirok etadigan bo‘ldi. Qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida so‘nggi bor 2016-yili O‘zbekiston nomidan to‘rt jamoa qatnashgan edi

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi
17 avgust 2023, 10:50

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Medal uchun kechgan so‘nggi bahsda u hindistonlik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi
17 avgust 2023, 09:29

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi

2023-yilgi mavsumning UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda “Manchester Siti” penaltilar seriyasida “Sevilya”ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Foto.

O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchining barchasi Jahon kubogini tark etdi
11 avgust 2023, 16:48

O‘zbekistonlik 5 nafar shaxmatchining barchasi Jahon kubogini tark etdi

O‘zbekistonning Jahon kubogidagi so‘nggi vakili, grossmeyster Javohir Sindarov 1/16 final bosqichida hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

Dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
7 avgust 2023, 09:32

Dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Vengriyada o‘tgan Masters turnirida o‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. So‘nggi bor bu turnirda terma jamoadan oltin medalni 2011-yilda Rishod Sobirov yutgandi. Bu yilgi turnirni O‘zbekiston 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting