«Navbahor» futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalinganligi va shifoxonalar bandligi sababli darhol shifoxonaga yota olmaganligi haqida ma’lum qildi. Kanchelskis bir necha kunni mehmonxonada o‘tkazib, keyin xususiy klinikaga statsionar sharoitda davolanish uchun yotqizilgan. Uning koronavirus bilan kasallanganligi 28 avgust kuni aniqlangan.
Bavariya Chempionlar ligasining finalida PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Myunxenliklar ushbu kubokni oltinchi marotaba qo‘lga kiritdi.
Gollandiyalik Ronald Kuman «Barselona» futbol jamosining yangi bosh murrabbiyi etib tayinlandi. Yangi murabbiy bilan shartnoma 2022 yil iyun oyining oxirigacha imzolandi.
Triatlon federatsiyasining yangi raisi etib Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi raisligiga esa mudofaa vaziri Bahodir Kurbanov saylandi.
Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligidan iste’foga chiqdi. Uning aytishicha, ushbu qaror COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq o‘zgarishlar negizida qabul qilingan.
Shahram G‘iyosovning raqibi jangdan bir necha kun oldin almashtirildi. Fransisko Roxoda COVID-19 aniqlanganligi uchun uning o‘rniga nikaragualik Uinston Kampos ringga chiqadi.
O‘zbekiston 2025 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
«Ufa» futbolchisi, 19 yoshli o‘zbekistonlik Oston O‘runov rasman Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tdi. U «qizil-oqlar» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Yosh futbolchi 20-raqam ostida to‘p suradi. Transfer summasi e’lon qilinmadi.
«Paxtakor», «Buxoro» hamda «Surxon» futbol klublarining o‘ndan ziyod o‘yinchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Superliga uchrashuvlari 28 iyulga qadar to‘xtatiladi.
«Nasaf» futbol klubi o‘z logotipini o‘zgartirdi — qanotlari bilan to‘pni quchayotgan humo qushining o‘rniga olov purkayotgan ajdaho qaytarildi. Shuningdek, jamoa yangi mavsum uchun sport formasini taqdim etdi.
COVID-19 pandemiyasi sababli bu yil sayyoraning eng yaxshi futbol o‘yinchisi aniqlanmaydi. «Oltin to‘p» mukofot ta’sis etilganidan beri birinchi marta topshirilmaydi.
Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida Atalanta, PSJ, Leypsig va Atletiko Madrid jamolaridan biri aniq qatnashadi.
Amerikancha futbol jamoasi “Kanzas-Siti Chifs” a’zosi Patrik Maxoums sport tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi. Shartnoma qiymati 503 mln dollar bo‘lib, 10 yil muddatga tuzildi.
Mashhur UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Unga koronavirus tashxisi quyilgandi.
O‘zbekiston 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun OFKga taklif yubordi. Musobaqaning rasmiy mezboni 2021 yilda e’lon qilinadi.
Liverpul muddatdan avval Angliya chempioni bo‘ldi. Chempionatning 31-turidan o‘rin olgan Chelsi-Manchester Siti o‘yinida londonliklar 2−1 hisobida g‘alaba qozonganligi sababli, Liverpul 23 ochkoga o‘zib ketdi. Mersisaydliklar uchun chempionatdagi g‘alaba 1990 yildan birinchisi bo‘ldi.
Sentyabr oyida futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o‘rtasida Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Jamoalar so‘nggi martda maydonda to‘qqiz yil avval to‘qnashgan.
Serbiyalik tennischi, jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Jokovich tomonidan yaqinda tashkillashtirilgan Adria Tour tennis musobaqasi boshqa tennischida koronavirus aniqlanganligi bois to‘xtatilgan edi. Ushbu musobaqada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan pianino ustasi Lola Astanova musiqiy chiqish bilan ishtirok etgan edi.
O‘zbekistonda pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun bir qator vaqtinchalik talablar qo‘yildi. Jumladan, maydonga tupurish, qo‘l berib ko‘rishish, jamoa bo‘lib golni nishonlash kabilar taqiqlandi.
Tokiodagi Olimpiada tashkilotchilari 2021 yilga ko‘chirilgan musobaqalarni soddalashtirilgan tartibda, kamxarj etib o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tomoshabinlar va ishtirokchilar sonini qisqartirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting