Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarini O‘zbekiston terma jamoasi 79 ta medal bilan yakunladi. Jamoa umumiy hisobda 8-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa yetakchi bo‘ldi.

So‘nggi kun sovrindorlari:

Oltin medal:

Musobaqaning so‘nggi kunida para akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarda Xolmurod Egamberdiyev barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Kumush medal:

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha aralash juftlik bahslarida Otabek Qo‘chqorov va Gulchiroy Esanboyeva juftligi kumush medalga ega chiqdi.

Bronza medal:

Musobaqaning so‘nggi kunida Yoqutxon Xolbekova para yengil atletikaning 400 metrga yugurish bahslarida bronza medal oldi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ishtirok etgan Muxayyo Abdusattorova yakunda 3-o‘rinni egalladi.

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rt kishilik qayiqda o‘tkazilgan bahslar: O‘zbekiston vakillari bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Jamoaga navbatdagi bronza medalni para yengil atletikachi Madina Muxtorova keltirdi. U disk uloqtirish bahslarida 19.55 metr natija qayd etdi.

Musobaqadagi o‘zbekistonliklarning ishtirokini Asila Mirzayorova yana bir bronza medal olib yakunlab berdi. Para atlet 400 metrga yugurish bahslarida 1:01:37 daqiqa natijani qayd etdi. Bu uning musobaqadagi 3-medali bo‘ldi.