Nur-Sultonda (Qozog‘iston) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 9 ta — 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi turnirni umumjamoa hisobida uchinchi o‘rin bilan yakunladi.

Birinchi o‘rinni Yaponiya terma jamoasi egalladi (9 ta oltin va 3 ta kumush). Ikkinchi o‘rin Mo‘g‘uliston termasiga nasib etdi (2 ta oltin va 5 ta bronza medali).