O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni «Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Hujjat bilan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:

  • oltin medal uchun — 5 ming dollar;
  • kumush medal uchun — 3 ming dollar;
  • bronza medal uchun — 2 ming dollar.

Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

  • oltin medal uchun — 2,5 ming dollar;
  • kumush medal uchun — 1,5 ming dollar;
  • bronza medal uchun — 1000 dollar miqdoridagi bir martalik pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.