Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Gonkongda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini 7 ta medal — 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qit’a chempionatining so‘nggi kunida aralash jamoaviy yo‘nalishda bahslar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston dzyudochilari chorak finalda Turkmaniston terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, yarim finalda Mo‘g‘uliston terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Sportchilar uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Janubiy Koreya terma jamoasi vakillariga qarshi tatamiga chiqdi va 4:1 hisobida zafar quchdi.
Bungacha yakkalik janglar bo‘lib o‘tgandi.
Medalchilar
Oltin:
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
Kumush:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
Bronza:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Shohista Nazarova
Aralash jamoaviy yo‘nalish.