Vetnamda o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Kadetlar toifasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonliklar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangiladi.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin:

-37 kg: Valeriya Xegay

-45 kg: Behruz Salimov

+65 kg: Javohir Hidoyatov

Kumush:

-65 kg: Ahadjon Muxtorov

Bronza:

-44 kg: Mubina Babasaidova

-55 kg: Aminaxon Kamalova

Foto: