10−13 avgust kunlari Guayakilda (Ekvador) o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Oltin:

-90 kg: Jahongir Mamatrahimov

Kumush:

-66 kg: Azizbek Ortiqov

Bronza:

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Bu yosh toifasida hech bir jahon chempionatida bunchalik ko‘p medal qo‘lga kiritilmagan, deyiladi xabarda.