17−20 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida MMA (aralash jang san’atlari) bo‘yicha 12−13, 14−15 va 16−17 yoshli sportchilar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 13 ta, shundan — 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Taqdirlangan 16−17 yoshli sportchilar:

Oltin:

Anvarjon Hasanov;

Amirxon Ziyodinov;

Nurulloxon Abdullayev.

Bronza:

Nozimjon Sotvoldiyev.

Taqdirlangan 14−15 yoshli sportchilar:

Oltin:

Muhammadali Xodjimiyarov;

Abdullaziz Abdusattorov.

Kumush:

Hojiakbar Nosirjonov.

Bronza:

Ibrohimjon Botirov;

Mirjalol Mirsaidov.

Taqdirlangan 12−13 yoshli sportchilar:

Kumush:

Behruzbek Ravshanov.

Bronza:

Mexrojbek Toshpo‘latov;

Behruzbek Bahromov;

Bahodir Sobirjonov.

Musobaqada 42 ta davlatdan 479 nafar sportchi ishtirok etdi.