Sport

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi
17 oktabr 2023, 11:43

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi

O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi
15 oktabr 2023, 17:22

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi.

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi
12 oktabr 2023, 18:04

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi

Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi
9 oktabr 2023, 12:05

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi
8 oktabr 2023, 12:12

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.

Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi
8 oktabr 2023, 10:31

Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti etib tasdiqlandi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi
7 oktabr 2023, 22:30

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
6 oktabr 2023, 19:27

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi
5 oktabr 2023, 18:50

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi
4 oktabr 2023, 19:47

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
4 oktabr 2023, 19:36

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana oltita medalni qo‘lga kiritdi
2 oktabr 2023, 21:43

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana oltita medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi
1 oktabr 2023, 15:29

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi
30 sentabr 2023, 19:13

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 32 ta medal bilan 6-o‘rinda
29 sentabr 2023, 18:34

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 32 ta medal bilan 6-o‘rinda

2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik qilichboz qizlar ilk marta oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 32 ta medal bilan 6-o‘rinda bormoqda: 7 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza. Sovrindorlar ro‘yxati.

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi
28 sentabr 2023, 12:23

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi avval Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surgandi.

Xanchjou-2022: Osiyo o‘yinlarining ilk kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi
25 sentabr 2023, 15:05

Xanchjou-2022: Osiyo o‘yinlarining ilk kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi

Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza — jami 7 ta medal bilan taqdirlandi. Musobaqadagi ilk oltinni dzyudo bo‘yicha -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi.

Nyu-Yorkda FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga to‘p sovg‘a qildi
21 sentabr 2023, 10:25

Nyu-Yorkda FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga to‘p sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda FIFA rahbari bilan uchrashib, O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuvda Janni Infantino prezidentga uning ismi tushirilgan to‘p sovg‘a qildi. Avvalroq Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka tortiq qilingandi.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasini endi ispaniyalik mutaxassis boshqaradi
20 sentabr 2023, 17:55

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasini endi ispaniyalik mutaxassis boshqaradi

Ispaniyalik Xose Venansio Lopes O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. U jamoani 2024-yil O‘zbekistonda o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi. Mutaxassis jamoa bilan mashg‘ulotlarni Osiyo kubogi saralash bosqichidan so‘ng boshlaydi.

OCHL: “OKMK”da mag‘lubiyat, “Navbahor”da durang, “Nasaf”da esa g‘alaba
19 sentabr 2023, 11:20

OCHL: “OKMK”da mag‘lubiyat, “Navbahor”da durang, “Nasaf”da esa g‘alaba

Dushanba kuni O‘zbekistonning 3 ta klubi Osiyo Chempionlar ligasida o‘z ishtirokini boshladi. Ilk turda “OKMK” “Al-Ittihod”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Nasaf” “Al-Faysaliy”ni minimal hisobda yutdi. “Navbahor” esa Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting