Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi. 4-oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlangandi.

Janubiy koreyalik futbolchilar 4-daqiqada Germaniyaning “Shtutgart” klubida to‘p surayotgan 24 yoshli yarim himoyachi Chon U Yonning golidan so‘ng oldinga chiqib olishdi.

25-daqiqada terma jamoa sardori Jasurbek Jaloliddinov jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq 38-daqiqada Chon U Yon dubl qayd etdi.

74-daqiqada yarim himoyachi Abdurauf Bo‘riyev ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqqan O‘zbekiston endi 7-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da Gonkong termasi bilan uchinchi o‘rin (bronza) uchun o‘yinda maydonga tushadi. Etiborlisi, jamoalar ushbu turnirning guruh bosqichida bungacha ikki marta to‘qnash kelishgan, har ikki uchrashuv ham O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga hal bo‘lgan. Finalda Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi.

Avvalroq O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda KXDRga 0:8 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Uchinchi o‘rin uchun o‘yinda terma jamoa Xitoy bilan, Yaponiya esa KXDR bilan oltin uchun kurash olib boradi.

Foto

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

futbol, осиё o‘yinlari, жанубий корея

Foto: Yonhap.