5-oktabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha yana 6 ta medal — 3 ta oltin va 3 ta bronzani qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) o‘z sovrinlari qatoriga Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘shib qo‘ydi. Final jangida o‘zbekistonlik jangchi tailandlik Titisan Panmotni mag‘lub etdi.

Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili finalda yaponiyalik Shudai Haradani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Bahodir Jalolov ham +92 kg vazn toifasidagi finalda azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Qamshibek Kunkabayevni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Kurash bo‘yicha ayollar terma jamoasi vakili Aktenge Keunimjayeva ushbu yo‘nalish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. 50 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Keunimjayeva bronza medali uchun kechgan jangda hindistonlik Pujani mag‘lub etdi.

абдuмалик халоков, осиё o‘yinlari, рuсtaм ассакалов, ҳасанбой дўсматов

XAyollar kurashi bo‘yicha 57 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Laylo Sobirova ham bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik raqibini mag‘lub etdi.

абдuмалик халоков, осиё o‘yinlari, рuсtaм ассакалов, ҳасанбой дўсматовYunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov faoliyati davomida uchinchi bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi. 97 kilogrammgacha vazn toifasida u bronza medali uchun bahsda qozog‘istonlik Islom Umayevni mag‘lub etdi. Bungacha Assakalov Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

абдuмалик халоков, осиё o‘yinlari, рuсtaм ассакалов, ҳасанбой дўсматов

Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 59 medal (18 oltin, 16 kumush va 25 bronza) mavjud.