Futbolchi Jaloliddin Masharipov Gretsiya chempionati oliy ligasidagi “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Masharipov 10-raqamda to‘p suradi.

Yangi mavsumdagi beshta o‘yindan so‘ng Panserraykos olti ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinda, birinchi o‘rinda esa “Olimpiakos” (16 ochko) ketmoqda.

Jaloliddin Masharipov 2021—2023-yillarda hozirda hozirda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘ynaydigan Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p surgan. O‘zbekistonlik futbolchi ushbu klubda 68 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avgust oyida tomonlar shartnomani bekor qilishga qaror qildi, shundan so‘ng futbolchi erkin agentga aylandi.

Bungacha u Toshkentning “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublarida jami 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 42 ta gol urgan, 60 ta golga assistentlik qilgan va 5 marta O‘zbekiston chempionligi hamda 2 marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan.

2020-yilda u Osiyo chempionlar ligasining eng yaxshi yarim himoyachisi, shuningdek, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

U 2016-yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 52 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan.