Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozondi. 30-sentabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida yakunlandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Hujumchi Diyora Habibullayeva 52-daqiqada o‘yindagi ilk golni kiritib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi. Su Yu-Xsuan asosiy vaqt oxirida (86ʼ) hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limning 100-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan yarim himoyachi Umida Zoirova O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Midori Xonda boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining yarim finalida parallel o‘yinda Janubiy Koreyani mag‘lub etgan (4:1) KXDR bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston guruh bosqichida Mo‘g‘ulistonni 6:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsada, xuddi shu hisobda Xitoyga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinda keyingi bosqichga chiqdi. Turnirning pley-off bosqichi chorak finaldan darhol boshlandi.

Nashr e’lon qilingan paytda O‘zbekiston 36 medal (10 oltin, 11 kumush va 15 bronza) bilan Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi uchlikdan Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya joy olgan.

Foto

ayollar terma jamoasi, осиё o‘yinlari, футбол