Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasi Osiyo o‘yinlari bronza medali uchun kechgan bahsda Gonkong ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi. 7-oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:0 hisobida yakunlangandi.

Birinchi bo‘lim oxirida 43-daqiqada hujumchi Alisher Odilov atrofini to‘rt raqib o‘rab turganiga qaramasdan, jarima maydonchasi chizig‘idan aniq zarba berdi, darvozabon esa hech narsa qila olmadi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida hujumchi Husain Norchayev tomonidan yakunlagan muvaffaqiyatli qarshi hujumdan so‘ng hisob ikkitaga yetdi. 10 daqiqadan so‘ng u burchakdan oshirib berilgan to‘p darvozaga yo‘llab, dubl qayd etdi.

75-daqiqada himoyachi Alibek Davronov jarima zarbasidan oshirib berilgan to‘pni raqib darvozasiga yo‘lladi.

Shu tariqa O‘zbekiston 1994-yildan beri ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi. O‘sha yili terma jamoa oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

фuтбол, осиё o‘yinlari

Avvalroq O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda Xitoyga 7:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu o‘zbekistonlik futbolchi ayollarning Osiyo o‘yinlaridagi ilk ishtirokidir.

Video

Foto

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari