Sport

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi
15 sentabr 2021, 11:28

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.

O‘zbekiston futzalchilari jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
13 sentabr 2021, 15:10

O‘zbekiston futzalchilari jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi o‘yinlarini Gvatemala bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyat bilan boshladi.

MDH o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqani 91 ta medal bilan 2-o‘rinda yakunladi
12 sentabr 2021, 11:23

MDH o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqani 91 ta medal bilan 2-o‘rinda yakunladi

Qozon shahrida o‘tkazilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi.

Prezident paralampiyachilarni tabriklab, o‘yinlardagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
10 sentabr 2021, 16:22

Prezident paralampiyachilarni tabriklab, o‘yinlardagi qiyinchiliklar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashdi va O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiada yakunlari bo‘yicha so‘z yuritdi. «Musobaqaning dastlabki kunlarida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo‘llangani ham, jiddiy muammolar tug‘dirdi», — dedi u. Prezident, shuningdek, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish choralarini e’lon qildi.

«Murabbiyning oliy maqsadi — shogirdining Olimpiadada chempion bo‘lishi» — og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning ustozi
10 sentabr 2021, 09:00

«Murabbiyning oliy maqsadi — shogirdining Olimpiadada chempion bo‘lishi» — og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning ustozi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bahrom Mendibayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiylik faoliyati, sportchilarni tanlashda nimalarga e’tibor berilishi va Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar kutib olindi (foto)
7 sentabr 2021, 10:17

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar kutib olindi (foto)

6 sentyabr kuni Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi kutib olindi. «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida sportchilarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Paralimpiadada sovrindor bo‘lgan sportchilarga prezident sovg‘asi — uy hamda avtomobillar topshirildi (foto).

Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
7 sentabr 2021, 09:00

Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

2022 yili futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor Qatarda va ilk bor qish faslida o‘tkaziladi. Eng qimmat jahon chempionatida muxlislarni nima kutmoqda, Qatar tashkilotchilik yo‘lida qanday muammolarga duch keldi va jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Bularning barchasi haqida «Gazeta.uz» maqolasida batafsil.

Paralimpiada-2020. O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini 16-o‘rinda yakunladi
6 sentabr 2021, 10:12

Paralimpiada-2020. O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini 16-o‘rinda yakunladi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi
5 sentabr 2021, 20:18

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsda shvetsiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Paralimpiada-2020. Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 sentabr 2021, 17:46

Paralimpiada-2020. Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-taekvondochi Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lgan kiritdi. Bu O‘zbekiston hisobidagi sakkizinchi oltin medal bo‘ldi.

«Jangda nima qilishni biz ham bilamiz, lekin yoshimiz o‘tib bo‘ldi» — Rahmatjon Ro‘zioxunov
4 sentabr 2021, 12:00

«Jangda nima qilishni biz ham bilamiz, lekin yoshimiz o‘tib bo‘ldi» — Rahmatjon Ro‘zioxunov

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega murabbiylikni tanlagani, Bahodir Jalolovga qanday motivatsiya berganligi, shogirdlarini qanday tarbiyalashi va Olimpiada finalidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Paralimpiada-2020. Nurxon Qurbonova ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi
4 sentabr 2021, 11:38

Paralimpiada-2020. Nurxon Qurbonova ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida nayza uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Nurxon Qurbonova kumush medali sohibi bo‘ldi. Sportchi yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan.

Paralimpiada-2020. Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi
3 sentabr 2021, 09:57

Paralimpiada-2020. Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Safiya Burxanova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Paralimpiada-2020. Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi
2 sentabr 2021, 21:58

Paralimpiada-2020. Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Paraatlet Husniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida so‘nggi urinishda raqibidan g‘alabani tortib oldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston jamoasi hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi.

Paralimpiada-2020. Shohsanam Toshpo‘latova bronza medal sohibi bo‘ldi
30 avgust 2021, 17:08

Paralimpiada-2020. Shohsanam Toshpo‘latova bronza medal sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik para-suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa mazkur Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar bitta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi
30 avgust 2021, 10:11

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar bitta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni, yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

«Olimpiada chempionini tarbiyalashni orzu qilardim» — taekvondochi Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi
29 avgust 2021, 16:33

«Olimpiada chempionini tarbiyalashni orzu qilardim» — taekvondochi Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. «Gazeta.uz» sportchining murabbiyi Pavel Xan bilan suhbatlashib, undan chempionlarni tarbiyalash, g‘alaba sari yo‘l va kelajakdagi rejalar haqida so‘radi.

Paralimpiada-2020. Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi
29 avgust 2021, 14:05

Paralimpiada-2020. Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik para-dzyudochi Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi. U bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonliklar bitta oltin va ikkita kumushni qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 13:48

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonliklar bitta oltin va ikkita kumushni qo‘lga kiritdi

Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 3 ta medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Para-dzyudochi Feruz Saidov oltin, para-pauerliftingda Ro‘za Qo‘ziyeva va para-dzyudochi Parvina Samandarovalar kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 09:58

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 o‘yinlarida o‘zbekistonlik paralimpiadachilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Nayza uloqtirishda Nozimaxon Qayumova, disk uloqtirishda esa Mohigul Hamdamova chempion bo‘lgan bo‘lsa, yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov bronza medali sohibiga aylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting