O‘zbekistonlik para-suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova 200 metrga masofaga kechgan kompleks suzish dasturida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shohsanam Toshpo‘latova final dasturida marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. U masofani 2:27.92 daqiqada suzib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish joiz, bu uning uchun Paralimpiya o‘yinlaridagi uchinchi medali bo‘ldi. Shohsanam Toshpo‘latova Rio-2016 Paralimpiadasida 2 ta bronza medaliga ega chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, Shohsanam Toshpo‘latova mazkur Paralimpiya o‘yinlarida bungacha 3 ta yo‘nalish finalida qatnashib, ikki bor 4 va bir bor 5-pog‘onani egallagan edi. Shu tariqa mazkur Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.