Rossiyaning Qozon shahrida ilk bor o‘tkazilgan MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Foto: MOQ axborot xizmati

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi. So‘nggi kunda bo‘lib o‘tgan bahslarda o‘zbekistonliklar karate, badiiy gimonastika, futzal sport turlarida shohsupaga ko‘tarilishdi. Unda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:

  • Oltin medal: Dildora Aliqulova (karate).
  • Kumush medal: Iroda Sadikova, Domenika Damirova, Aida Xaydarova, Mubina Kamolova (jamoaviy bahslarda, badiiy gimnastika), Nasibabonu Narbayeva (karate), Mohlaroyim Hakimjonova (karate).
  • Bronza medal: Anastasiya Saranseva (2 ta: tasma va xalqa bahslarida, badiiy gimnastika), Islomjon Sattorov (karate), Bonu Egamberdiyeva (karate), Sevinch Sodiqova va Diana Garamova (badminton, juftlik) futzal terma jamoasi.