O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shvetsiya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur bahs Stokgolm shahridagi “Friends Arena"da bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning 6-daqiqasida Shvetsiya futbolchisi tomonidan chap qanotdan uzatilgan pasdan so‘ng to‘p O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayevga tegib darvozadan joy oldi. 33-daqiqada Shvetsiya o‘yindagi ikkinchi golni urdi. O‘zbekiston jarima maydonchasi ichida Karlssonning zargarona uzatmasidan so‘ng Isaak Kize Telin foydalandi.

70-daqiqada o‘yinda hisob qisqardi. Farrux Sayfiyevning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi. Shu tariqa ushbu uchrashuv 2:1 hisobida Shvetsiya terma jamaosi foydasiga hal bo‘ldi.

Foto

Foto: O‘FA matbuot xizmati