Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Turnirni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin va 7 ta kumush medali bilan tamomladi.

Oltin:

Kattalar:

  • Taxmina Ikromova, bulava
  • Taxmina Ikromova, to‘p
  • 3 tasma va 2 to‘pdagi guruh mashqi
  • Guruh mashqining ko‘pkurash dasturi
  • O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha).

Yoshlar:

  • 5 bulavadagi guruh mashqi
  • 5 halqadagi guruh mashqi
  • Guruh mashqining ko‘pkurash dasturi
  • Lola Jurayeva, to‘p
  • Viktoriya Nikiforova, halqa.

Kumush:

Kattalar:

  • Taxmina Ikromova, tasma
  • Natalya Usova, bulava
  • Taxmina Ikromova, ko‘pkurash
  • 5 halqadagi guruh mashqi.

Yoshlar:

  • Mishel Nesterova, tasma
  • Sofiya Usova, bulava
  • O‘zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo‘yicha).

Ma’lumot uchun, dastlabki kun guruh mashqi dasturida qizlarning qo‘lga kiritgan oltin medali Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etgandi.