Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiada-2020 o‘yinlarida para-yengil atletika bo‘yicha F54 toifasida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Nurxon Qurbonova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sportchi mazkur mashqda 18.38 metr natijasini qayd etgan. Eslatib o‘tamiz, Nurxon Qurbonova yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan edi.

Bu O‘zbekiston delegatsiyasining joriy Paralimpiadadagi beshinchi kumush medali bo‘ldi. Shuningdek, mamlakat hisobida 7 ta oltin va 6 ta bronza medallari ham mavjud.