5 sentyabr kuni Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Paralimpiya o‘yinlariga 48 sportchi bilan 55 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi. Yakunda esa O‘zbekiston jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta медалга sazovor bo‘ldi. Shunday qilib O‘zbekiston umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida musobaqani 16-o‘rinda yakunladi

Bu ko‘rsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida to‘rtinchi, Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida birinchi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida ham 8 ta oltin medal bilan 16-o‘rinni band etgan edi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga bugun qaytib keladi.