O‘zbekiston jamoasi vakili para-yengil atletikachi Husniddin Norbekov Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.


Paraatlet (klass F35) yadro uloqtirish dasturida 16,13 metr natijani qayd etib, 8 nafar sportchi orasida g‘olib bo‘ldi.

Kumush medalni Agrentina vakili Ernan Emanuel Urra (15,9 m), bronza medalni esa Xitoy vakili Fu Sinxan (15,41 m) qo‘lga kiritdi.


Hal qiluvchi urinishdan avval Ernan Urra (oltinchi urinishda ham eng yaxshi natija ko‘rsatgan) Norbekovdan oldinda edi, biroq o‘zbekistonlik sportchi raqibidan g‘alabani tortib oldi.


O‘zbekiston delegatsiyasi 16 ta (6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) medal bilan umumjamoa hisobida 16 o‘rinni egallab turibdi.