Bugun Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari doirasidagi para-yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan bo‘lsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Ma’lumot uchun, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.