6 sentyabr kuni Tokio shahrida o‘tkazilgan XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatga qaytib keldi, deya xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.

Paralimpiadada ishtirok etgan sportchilar, murabbiylar va delegatsiya vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.


Foto: «Dunyo» AA.

Shundan so‘ng Tokio-2020 Paralimpiadasi ishtirokchilari maxsus avtobuslarda poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga yetib borishdi. Tantanali marosimning asosiy qismi ushbu bog‘da tashkil etildi.

Foto: «Dunyo» AA.

Foto: Turizm va sport vazirligi.

Xabarga ko‘ra, tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov ishtirok etib, paralimpiyachilarni qo‘lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklashdi.

Foto: MOQ axborot xizmati.

Qo‘shimcha qilinishicha, marosimda sportchilar nomidan Paralimpiada chempionlari para-taekvondochi Guljanoy Naimova, para-dzyudochi Uchqun Quronboyev so‘zga chiqib, prezident tomonidan berilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini, davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashidan motivatsiya olishlarini aytib o‘tishdi.

Foto: MOQ axborot xizmati.

Shundan so‘ng Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga prezident sovg‘alari — oltin medal egalariga «Tahoe» avtomobili va Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egasiga «Traverse» avtomobili va 2 xonali uy, shuningdek bronza medal egalariga «Traiblazer» avtomobili va 1 xonali uy kalitlari topshirildi.

Shuningdek, prezident qaroriga ko‘ra, Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilariga oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Foto: MOQ axborot xizmati.

Foto: Turizm va sport vazirligi.

Foto: MOQ axborot xizmati.

Ma’lumot uchun, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamg‘arib, 162 mamlakat orasida 16-o‘rinni egalladi.