Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kun dasturida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medaliga sazovor bo‘ldi.

-100 kg vazn toifasida kurashgan para-dzyudochi bronza medali uchun kechgan kurashda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlarining medaliga sazovor bo‘ldi. Sharif Halilov bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi medallari soni 12 taga yetmoqda. Jamoa hisobida barcha probadagi medallar 4 tadan bo‘lib turibdi.