Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Buxorodagi bir qator ko‘chalar suvga to‘ldi. Suvdan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatildi.
Yer usti metrosi qurilishi munosabati bilan Toshkentning uchta tumanida suv ta’minoti bir sutkaga o‘chiriladi.
Buxoro viloyatida poyezd va Mercedes-Benz yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida Turkiya fuqarosi vafot etdi.
O‘zbekistonda Aviasales aviachiptalarni izlash va band qilish xizmati ishga tushirildi.
Saudiya Arabistoni fuqarosi O‘zbekistonga ov qilishga mo‘ljallangan lochinlarni noqonuniy ravishda olib kirishga harakat qildi.
Toshkentning Muqimiy ko‘chasida avtomobil xavfli harakat vaqtida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Haydovchi IIBB tuzilmasidagi bo‘limlardan birining boshlig‘i bo‘lib chiqdi.
Toshkentning Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida maishiy zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun ikkita reabilitatsiya va moslashish markazi ochildi.
Termizdagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida sodir bo‘lgan portlash natijasida halok bo‘lgan ikki erkakning shaxsi aniqlandi. Bosh prokuratura portlash sabablariga oydinlik kiritdi (+video).
Termizning Alisher Navoiy ko‘chasidagi 10-uyda ertalab portlash sodir bo‘ldi, ikki kishi vafot etdi.
Prezident Fuqarolik kodeksining yangi tahririni tayyorlashga farmoyish berdi.
«Samsung Electronics» hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Koreys millatiga mansub fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishda Janubiy Koreya elchixonasi huquqiy yordam olishlari mumkin.
«O‘zbekkino» milliy agentligi direktori Furqat Zokirov filmlar asosida teleseriallar olinayotganini ma’lum qildi.
Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Toshkentdagi chiqindilarni yuklash va utilizatsiya qilish bo‘yicha davlat korxonalariga 60 nafar muayyan yashash joyi bo‘lmagan shaxs ishga joylashtirildi. Ular turar joy, tibbiy xizmat, oziq-ovqat va oylik maosh bilan ta’minlandi.
Namangan viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvi ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi poytaxtda ham uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
Ombudsman, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Yuksalish» harakati vakillaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy muammolarni o‘rgandi.
Adliya organlarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan nol darajadagi toqatsizlik e’lon qilindi va idoraviy dastur qabul qilindi.
Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda 25 kilometrli avtomarafon o‘tkaziladi.
NHHLM portaliga prezidentning «Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting