Toshkent viloyatining Bekobod tumanida shu yil 27 oktyabr kuni noma’lum shaxs «Yangiovul» MFYda yashovchi N.T. (ismli ayol)ning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan 400 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi Agroservis va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji yuqori kurs o‘quvchisi I.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.