Toshkent hokimiyatining Transport va yo‘l-transport infrutilmalarini rivojlantirish departamenti hamda poytaxt IIBB sinov tariqasida Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab avtomobillarni qo‘yish uchun himoyalangan chiziqli veloyo‘lak tashkil etilmoqda. Bu poytaxtdagi ilk shunday ko‘rinishdagi veloyo‘lakdir.

Loyiha sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Agar u o‘z samarasini namoyish etsa, bu kabi veloyo‘laklarni dastlab markazda, so‘ngra shaharning boshqa qismlarida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyiha tashabbuskorlari Rustaveli ko‘chasidagi tramvay yo‘li demontaj qilinganidan so‘ng haddan ziyod kengayib ketgan qismidan foydalandi. Bu yerda veloyo‘lak bilan bir qatorda eni nostandart bo‘lgan birinchi qator yo‘lagi o‘rnida avtomobillar to‘xtashi uchun turargoh tashkil etildi.

Avtomobillar turishi uchun qatorning mavjudligi birinchidan turargoh masalasini ijobiy hal etsa, ikkinchidan velosipedchilarning yanada xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi.

Veloyo‘laklar harakat ishtirokchilarini maksimal darajada ta’minlashi uchun jismoniy jihatdan piyodalar yo‘laklari va avtomobil qatnov qismidan ajratilgan bo‘lishi lozim.

«Gorizontal razmetka, bu - Toshkentda to‘laqonli veloyo‘laklar tarmog‘ini shakllantirish sari tashlangan ilk qadamdir, - deya izoh berdi Transport va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish departamenti vakili «Gazeta.uz"ga. — Jismoniy jihatdan ajratish vaqt va moliyaviy resurslarni talab qiladi. Oddiy razmetka bu kabi yondashuv samaradorligini baholash va kelgusida velotarmoqni rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur o‘lchovlarni o‘tkazishga imkon beradi».

Foto: Toshkent IIBB.

Mustaqillik va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida piyodalar yo‘laklari bo‘ylab chizib chiqilgan va velosipedchilar tomonidan tanqid qilingan veloyo‘laklardan farqli ravishda, yangi veloyo‘lak uzilishlarsiz bo‘ladi va avtobus bekatlari, zina, bordyur va chiqindi qutilari kabi to‘siqlarga to‘qnash kelmaydi.

Velosipedchilar chorrahalardan to‘sqinliklarsiz o‘tishi uchun uziq-uziq chiziq ko‘rinishidagi razmetkalardan foydalaniladi. Avtobus bekatlari oldida ham oddiy avtomobillar o‘tishini cheklash uchun maxsus belgilardan qo‘llaniladi.

Foto: Omadsiz chiqqan veloyo‘laklar (Mustaqillik ko‘chasi)

Mushtariylardan biri yuborgan foto (Ecobozor yaqinida)