Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari ham Toshkent va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanali orqali.

Vazirlar Mahkamasi 1 noyabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Ro‘yxatda shu paytgacha 71 ta tashkilot mavjud edi.