18-noyabr kuni Advokatlar palatasining IV konferensiyasida palata raisi etib Shuxrat Shavkatovich Sadikov saylandi, deya xabar bermoqda palata matbuot xizmati.

Shuxrat Sadikov 1962-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1988-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida turli xil tashkilotlarda huquqshunos, advokatlik tuzilmalarida advokat, xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati, xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining Sud-xuquq masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida ish olib borgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shu paytga qadar Shuxrat Sadikov Qomus advokatlik hay’ati advokati hamda Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. U mazkur lavozimda Alim Ernazarovning o‘rnini egalladi.