19-noyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi xodimlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kuzgi ko‘chat ekish mavsumida ishtirok etdi, deb xabar berdi bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.

Unga ko‘ra, “Yashil makon” loyihasi doirasida bodom, sadaqayrag‘och, eman, qrim qarag‘ayi singari mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Prezident tashabbusi bilan 2021-yil noyabr oyidan boshlab har yili 200 million tup daraxt ekish loyihasi amalga oshirilmoqda. 25-oktabrdan 1-dekabrgacha davom etadigan joriy kuz mavsumida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Toshkent shahridagi mahallalardan biriga ko‘chat o‘tqazdi.

Foto

абдулла арипов, vazirлар маҳкамаси, daraxtлар, яшил makon