Neva daryosi ustidagi shahar Sankt-Peterburg tarixiy va madaniy merosi bilan mashhur bo‘lib, butun dunyodan turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Ammo, shahar madaniy markazligidan tashqari, Rossiyaning gastronomik, ishbilarmonlik va ilmiy-ma'rifiy poytaxti, shuningdek tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi markazi unvonlariga ega ekanligini ko‘pchilik bilmaydi.

Har bir yo‘nalish haqida “Ipak yo‘lida turizm — 2023” Toshkent xalqaro yarmarkasida Sankt-Peterburg turizm sohasining vakillari batafsil so‘zlab berdilar. Sankt-Peterburgning bu voqeada ishtirok etishi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va turizm sohasidagi hamkorlikni o‘zaro rivojlantirishga qaratilgan yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.

ipak yo‘lidagi turizm, reklama

“Shahar klassik sayyohlik joylarini yaqindagina xaritada paydo bo‘lgan yangilari bilan birlashtirib, qiziqarli vaqt o‘tkazish uchun ko‘plab variantlarni taklif etadi”, — deya ta’kidladi Sankt-Peterburg Konvensiya va ko‘rgazma byurosi bosh direktori o‘rinbosari Yekaterina Karpova shahar sayyohlik salohiyatining taqdimotlaridan birida.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bunday joylar orasida Gazprom Arena stadioni yonidagi Krestovskiy orolining strelkasi, Yevropadagi baland osmono‘par bino yonidagi “Laxta markaz” qirg‘og‘i, “Yangi Gollandiya” orol-bo‘yi, 1-sonli Planetariy, “Sevkabel port” jamoat joyi va “Fort oroli” boyi bor.

Ko‘rgazmada sayyohlar uchun an’anaviy hududlararo yo‘nalishlar ham taqdim etildi. Ularning orasida Shimoliy-G‘arbiy Rossiyaning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlari va viloyatlari orqali o‘tadigan yuzlab yo‘nalishlarni birlashtirgan “Rossiyaning kumush marjoni” loyihasi bor.

“Imperator yo‘nalishi” milliy turizm loyihasi Rossiyaning 29 ta hududi bo‘yicha tarixiy-madaniy yo‘nalishlarni taklif etadi. “Ikki shahar — million taassurot” loyihasida esa Sankt-Peterburg va Moskvaning qiziqarli voqealari va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishga alohida e’tibor qaratilgan.

Har qaysi sayohatda milliy oshxonalar bilan tanishish bo‘ladi. Hamda bu sohada Sankt-Peterburg shunchalik muvaffaqiyatga erishdiki, u Rossiyaning oshpazlik poytaxti unvonini oldi. Shaharda har xil did va hamyon uchun mo‘ljallangan 8000 dan ortiq ommaviy ovqatlanish muassasalari ishlaydi, xilma-xil festivallar esa haqli ravishda tashrif qog‘ozlaridan biri hisoblanadi. Ularning yiriklari orasida — milliy oshxonalar festivali, “Oh! Ha! Ovqatlar” yozgi festivali, Sankt-Peterburg restoran festivali va an’anaviy “Maslenitsa” bayrami.

Tibbiy turizm dam olishni sog‘lomlashtirish bilan birga qo‘shish imkoniyatini beradigan nisbatan yangi yo‘nalishga aylandi.

“Davlat va tijoriy tibbiyot tashkilotlari xorijiy turistlar uchun yuqori sifatli imkoniyatlarni — diagnostika, tezkor davolanish va reabilitatsiya, butun organizmni bir kunlik ko‘rikdan o‘tkazish dasturlari, kompleks ravishda ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lomlashtirish va sanatoriya-kurort davolanishini — taqdim etmoqda”, — dedi Tibbiy turizm yo‘nalishi bo‘yicha Sankt-Peterburgning turizmni rivojlantirish Qo‘mitasi raisining maslahatchisi Svetlana Belova, hamda qo‘mitaning tasarrufida 350 ga yaqin tibbiyot muassasalari borligini, shuningdek, shaharda 50 federal markazlari, 130 xususiy klinikalar ish olib borayotganini ta’kidladi.

ipak yo‘lidagi turizm, reklama

Sankt-Peterburgning madaniy, ilmiy-ma'rifiy va ishlab chiqarish salohiyati uning ishbilarmonlik va voqea turizmi markaziga aylanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Jahon miqyosidagi tadbirlar Shimoliy poytaxtda yil davomida o‘tkaziladi.

Shaharning batafsil afishasi Visit Peterburg rasmiy portalida Sankt-Peterburg voqealarining taqvimida taqdim etilgan.

Ko‘p qirrali va mehmondo‘st shahar har bir turistga o‘ziga xos bo‘lgan narsani topish imkoniyatini beradi.

Reklama huquqlari asosida.