Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlari narxlari oshmoqda. Bu haqdagi qaror 24-noyabr kuni poytaxt xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Jumladan, jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun suvning bir kub metri narxi 1400 so‘m (hozirda koeffitsiyent va QQSsiz 400 so‘m), oqova suv xizmatlari uchun 1000 so‘m (hozirda koeffitsiyent va QQSsiz 350 so‘m) etib belgilandi. Yuridik shaxslar uchun tariflar uch baravar oshirildi — ichimlik suvining har kub metri uchun 1000 so‘mdan 3000 so‘mgacha, kanalizatsiya xizmatlari uchun esa 820 so‘mdan 2200 so‘mgacha.

Tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, ya’ni 9-dekabrdan kuchga kiradi.

совуқ suv, oqova suv

Oxirgi marta tariflar 2021-yil yanvarida oshirilgan edi. Eslatib o‘tamiz, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov kiradi va 1,5 koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Avvalroq “Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasi tariflarni oshirish zarurligini suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini saqlash xarajatlari keskin oshishi bilan asoslagan edi.

“Ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar Toshkent viloyati va respublikaning boshqa hududlaridagi narxlardan hamon past”, — deyiladi kompaniya xabarida